24 Sentyabr 2025 yil
                            
                                81                            
                    Tomorqasida "Kannabis" o'simligi yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 25 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 18-sentyabr kuni Kosonsoy tumani "Yangi shahar" mahallasida yashovchi fuqaroning mahallasidagi tomorqasi xolislar ishtirokida tekshirilganda 8 tup «Kannabis» o‘simligi yetishtirib kelayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                    