18 Iyun 2025 yil 376

Tomorqasida “Kannabis” o‘simliklarini parvarishlayotgan shaxsga chora ko‘rildi

Joriy yilning 22-may kuni Chust tuman IIB xodimlari tomonidan, Chust tumani, “G‘ovasoy sohili” mahallasida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan, fuqaro J.M o‘ziga tegishli bo‘lgan tomorqa maydonida 33 tup “Kannabis” o‘simliklarini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech