13 Noyabr 2021 yil 333

Tokchadagi 5 million so‘m o‘g‘irlandi.

Joriy yil 5 noyabr' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 31 oktyabr' kuni soat 10:30 larda noma'lum shaxs, yashash uyiga ochiq qolgan darvoza orqali kirib, mehmonxonasining tokchasida turgan 5.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech