Tog‘da qarovsiz qoldirilgan 2 bosh mol o‘g‘irlab ketildi.
Joriy yil 27 iyul' kuni, Chust tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 24 iyul' kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan 6 bosh qora mollarini tog‘ yon bag‘riga boqish uchun olib borib, mollarni qo‘yib yuborib, uyiga qaytib kelgan vaqtida, 2 bosh mollarini noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Chust tumani IIB HPMB TP profilaktika inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 2001, 1984 va 1998 yilda tug‘ilgan fuqarolar tomonidan sodir etilgani aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati