19 Aprel 2025 yil
520
O‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida og‘ufurush qo‘lga olindi
2025-yil 16-aprel kuni “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Mingbuloq tuman IIB tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro N.F Mingbuloq tumani hududida 2,07 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini tanishiga 375.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati