6 May 2025 yil
450
Tintuvda fuqaroning yashash uyidan “Marixuana” aniqlandi
Joriy yilning 18-aprel kuni viloyat hududi boʻylab oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Norin tumani IIB xodimlari tomonidan, “Katta Oʻlmas” mahallasida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan, fuqaro I.Aning yashash xonadonida oʻtkazilgan tintuv tergov harakati davomida, yashash xonadonining yotoqxonasidan va ogʻilxonasidan gugurt qutisiga hamda qogʻozga oʻralgan, umumiy sof ogʻirligi 3,90 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati