2 May 2025 yil 543

Tintuvda fuqaroning yashash uyidan “Gashish” aniqlandi

Joriy yilning 24 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Davlatobod tuman IIB xodimlari tomonidan, Davlatobod tumanining “Xalqlar do‘stligi” mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan, fuqaro Q.Bning yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida fuqaro yashash uyida 0,30 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech