Tilla ziraklarni o‘g‘irlagan ayollar qo‘lga olindi.
Joriy yil 26 avgust kuni Namangan tumanida yashovchi ayol ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 10:00 larda, Namangan shahar Chorsu mahallasida joylashgan “Chorsu dehqon bozori” avtoshoh bekati oldida 4 nafar notanish ayollar qulog‘ida bo‘lgan bir juft narxi 1.500.000 so‘mlik tilla ziragini ko‘rish uchun so‘rab olib, ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan olib, qochib ketganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Surishtiruv va qidiruv ishlari davomida ushbu 4 nafar ayollar shu kuni soat 11:30 larda “Chorsu dexqon bozori”da Mingbuloq tumanida yashovchi yana bir ayolning qulog‘ida bo‘lgan bir juft narxi 2.000.000 so‘mlik tilla ziragini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, olib ketganligi aniqlangan.
Namangan shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etganldarning shaxsi aniqlanib, ulardan daliliy ashyo olingan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha 4 nafar ayolga nisbatan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 166-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati