Tilla tishlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.
Shu yil 14 may kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 10 may kuni soat 13:30 dan soat 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash uyi hovlisiga devor oshib tushib, xonada bo‘lgan umumiy narxi 4.600.000 so‘mlik ayollar kiyimlik materiallarini, 3 dona tilla tishlari va 3 dona uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati