Tilla buyumlarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi
2022 yil 17 aprel' kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14 aprel' kuni soat 09:00 dan 17 aprel' kuni soat 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, yashash xonadoniga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, shkafda bo‘lgan narxi 4.000.000 so‘mlik 1 dona “Klon” nomli tilla zanjirini, narxi 3.000.000 so‘mlik 4 dona ayollar tilla uzugini va narxi 3.000.000 so‘mlik bir juft tilla baldog‘ini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB JXX JTSB PPXB 4-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyatida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 17 aprel' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati