20 Oktyabr 2020 yil 2961

«Til yashasa millat yashaydi»

Har bir millatning o‘z vatani, o‘z oilasi bo‘lgani kabi uning jonajon va betakror o‘z ona tilisi ham bo‘ladi. Inson uchun o‘z oilasi ota onasi, vatani qanchalik qadrli bo‘lsa uni ona tili ham shunchalik qadrli bo‘ladi. Hattoki go‘dak ham o‘z vatanini, ota-onasini, dunyoni butun borliqni ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida  onaning o‘rni beqiyos bo‘lgani kabi hayotda o‘z o‘rnini topishda kamolatga yetishda tilning ham o‘rni juda katta ahamiyatlidir. Shu bois tilni onaga qiyoslab “Ona tili” deb ataydilar. Shu sabab ona tilimizni asrab avaylab boyitib to‘laligicha avlodlarga yetkazishimiz kerak.

1989-yil 21-oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. 1993-yil 2-sentyabrda “Lotin yozuvi”ga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi  Qonun qabul qilindi. Davlat tilidagi qonun qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi. O‘tgan shu davr mobaynida ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarihiyligi va dunyo miqyosida  ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy-ma'naviy, mafkuraviy ijod, izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.  

Har yili 21-oktyabr kuni mamlakatimizda til bayrami keng nishonlanishi an'anaga aylanib qolgan, chunki mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning milliy ruhini oshirish madaniyat va san'atini yuksak pog‘onalarga ko‘tarish.

Til insonning o‘z aro aloqa vositasi bo‘lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne'matidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilaridan biri ham tildir. Dunyoda har bir halqning o‘z tili iftihori, najoti, hisoblanadi. Hikmatli so‘zlar, she'r dostonlar, qo‘shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilisida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi. Dunyoda 5600 dan  ziyod tillar mavjud bo‘lib, bundan 200 tasigina davlat tili hisoblanar ekan. Ularning orasida  o‘zbek tilini borligi uning maqomdor, sof, purmano, jozibador ekanligidan  darak beradi. “Til yashasa millat yashaydi”.

Men o‘z fikrimni Abdulla Oripofni to‘rt misra she'ri bilan yakunlamoqchiman.

 

        Ona tilim, sen borsan shaksiz,

        Bulbul kuyin she'rga solaman.

        Sen yo‘q bo‘lgan kuning shubxasiz,

        Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.

 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Namangan akademik lisey  Axborot-resurs markazi

rahbari.  Shoxsanam Normirzaeva.

Text to speech