8 May 2021 yil
382
Tikuv mashinasiga ajratilgan kredit pullari egasiga yetib bormadi.
Joriy yil 5 may kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil iyun' oyida, Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib bankdan 30.000.000 so‘m kredit mablag‘larini hisob raqamiga o‘tkazib bersa ushbu pul mablag‘lari evaziga 10 kun muddatda tikuv mashinalarini olib berishini aytib, 30.000.000 so‘mlik kredit mablag‘larini hisob raqamiga tushirib olib, unga tikuv mashinalarini olib bermaganligini ma'lum qilib chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati