14 Aprel 2021 yil
647
“Tiko” urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi.
Shu yilning 13 aprel' kuni soat 21:30 larda, Yangiqo‘rg‘on tumani Yangiqo‘rg‘on-Namangan yo‘lining 17 km.da, Tiko rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, og‘ir qo‘shma shikast tashxisi bilan og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati