Tiko rusumli avtomashinani o‘g‘irlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2022 yil 9 mart kuni soat 07:51 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB 102-tizimi operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, shu yil 8 mart kuni soat 21:00 larda, ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvida bo‘lgan Tiko rusumli avtomashinani yashash uyi oldiga qo‘yib, qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs avtomashinasini olib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni jiyani, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etib, avtomashinani Namangan shahrida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan buvisini yashash uyi hovlisiga olib borib qo‘yganligi aniqlanib, avtomashina jarima maydoniga tortilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 9 mart kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati