12 May 2021 yil 372

Tezkor tadbirda giyohvand modda saqlagan va sotgan shaxslar ushlandi.

Shu yil 8 may kuni viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” keng qamrovli tadbiri davomida, Chortoq tuman IIB TEQKG tezkor vakili tomonidan olingan tezkor ma'lumotga ko‘ra, shu kuni soat 13:00 larda, Chortoq tumani hududida joylashgan choyxonada o‘tirgan 1964 yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kostyumining yon cho‘ntagida o‘tkir hidli, qoramtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan. Fuqarodan giyohvandlik modda qaerdan olingani so‘ralganda, u mazkur moddalarni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi tanishidan sotib olganligini  ma'lum qilib, tezkor tadbirni davom ettirish istagini bildirgan. Xolislar ishtirokida tezkor tadbir davom ettirilganda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro Matiz rusumli avtomashinada Chortoq tumaniga kelib, tadbirga jalb etilgan shaxsga ikki dona qora rangli yelim paketlarga o‘ralgan moddani 200 AQSh dollari va 100.000 so‘mga sotgan vaqtida, xodimlar tomonidan ushlangan.  

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, sotilgan moddaning sof og‘irligi 19.53 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi, fuqaroning yonidan olingan moddaning sof og‘irligi esa 0,82 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan. 

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan ikki fuqaroga ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech