21 Iyul 2025 yil
610
Tezkor tadbir davomida fuqaroning yashash uyidan giyohvand modda aniqlandi
Joriy yilning 3-iyul kuni Norin tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida Norin tumani, “Yashik” mahallasida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan, D.Aning o‘zining yashash xonadonida sof og‘irligi 5,96 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati