Tezkor qidiruv natijasida o‘g‘ri fosh etildi.
Shu yil 4 noyabr' kuni Kosonsoy tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, darvoza eshigi qulfini buzib kirib, uy ichida bo‘lgan “SAMSUNG-32” rusumli televizori va shkaf ichida bo‘lgan 2.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati