Tezkor profilaktik tadbir natijasi
Shu yil 4 noyabr' kuni Uchqo‘rg‘on tuman hududida “Giyohvandlik vositalari psixatrop moddalar, kuchli ta'sir qiluvchi preparatlarga qarshi kurashish” tezkor profilaktik oyligi tadbiri davomida, tuman TEQKB boshlig‘i, tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlar, Uchqo‘rg‘on tumani Kattamo‘g‘ol MFY hududida xizmat olib borayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan, Norin tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina salonidan 1 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisi ichida noto‘g‘ri geometrik shakldagi o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 0,38 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 noyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati