25 Sentyabr 2021 yil 695

Terrorchi gurux ta'siriga tushgan shaxs qo‘lga olindi

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi hamda Namangan viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari davomida, www.odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchi “Imom al-Buxoriy katibasi” nomli xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi g‘oyalar qayd etilgan videomateriallarni o‘z sahifasiga joylashtirganligi aniqlandi.

Olingan ma'lumotni tekshirish uchun o‘tkazilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida, “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchisi Namangan viloyatida yashovchi, 24 yoshli fuqaro  I.A. ekanligi aniqlandi va tezkor tadbirlar natijasida qo‘lga olindi.

Aniqlangan holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro I.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning targ‘ibotchilarini aldovlariga ishonmang.

Diniy mazmundagi savollariningiz, o‘zingizni qiziqtirgan mavzularingiz yuzasidan mamlakatimizdagi “UZ” domenidagi rasmiy veb-saytlardan foydalanishni yoki diniy sohada ilmli, malakali mutaxassislar, imom-hatiblar, islomshunos olimlarga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

 

IIV Kiberxavfsizlik markazi

Text to speech