Tergovchi va surishtiruvchilar uchun seminar tashkil etildi
Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan axborot-texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni oldini olish, fosh etish, tergov qilish metodikasi va viktimologik profilaktikasini muhokama etish maqsadida sud, prokuratura hamda boshqa tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida Kiberxavfsizlik bo‘limining malakali mutaxassislari tomonidan axborot-texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlarning fosh etish mexanizmlari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, mazkur turdagi jinoyatlar yuzasidan tayinlanadigan ekspertiza turlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar xususida Tergov boshqarmasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi maʼruza qildi.
Boshqarma Ekspert kriminalistika markazi boshlig‘i ham seminarda qxborot texnologiyalariga daxldor ekspertiza turlari hamda raqamli ekspertiza o‘tkazish uchun qo‘yiladigan savollarga doir maʼlumotlar haqida maʼlumot berib o‘tdi.
Taʼkidlash joizki, bu kabi mashg‘ulotlar va seminarlar tergovchi, surishtiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tergov sifatini yaxshilash, jinoyat ishlarini har tomonlama, to‘la, xolisona tergov qilish, tergov faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati