3 Yanvar 2022 yil 444

Tergov jarayonida fuqaroning boshqa jinoyati ham fosh etildi

2021 yil 27 dekabr' kuni, Norin tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 16 noyabr' kuni soat 14:30 larda notanish shaxs, Namangan shahridan Norin tumaniga Damas rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqib, avtomashina salonida bo‘lgan narxi 1.800.000 so‘mlik “Redmi-8” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rini so‘ragan.

Norin tumani IIB HPMB profilaktika inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, fuqaro 2021 yil 22 dekabr' kuni soat 16:00 larda Damas rusumli avtomashinasiga Namangan shahridan Norin tumaniga yo‘lovchi sifatida chiqqan, Norin tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan ayolni ham narxi 500.000 so‘mlik “Samsung-J5” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlaganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech