Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun o'quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Namangan viloyati IIB Majlislar zalida tergovchi va surishtiruvchilarga 2023 yil 23 iyun kunidagi “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Oliy Sud Plenumi qarorining mazmun-mohiyatini yetkazish, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov davomida yuzaga kelayotgan muammolar, jinoyat ishlarini sudlarda ko‘rish jarayonida aniqlanayotgan kamchiliklarni muhokama qilish hamda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida navbatdagi o'quv mashg‘uloti tashkil etildi.
O'quv mashg‘ulotiga Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi Adxamjon Mirzayev va sudyalar Avazbek Inamov, Ilyosjon Usmonovlar taklif etildi hamda ular tomonidan Oliy Sud Plenumi qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov davomida yuzaga kelayotgan muammolar, shahar-tuman tergovchi va surishtiruvchilari tomonidan sudlarga yuborilgan jinoyat ishlarini ko‘rish jarayonida aniqlanayotgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati