9 Sentyabr 2021 yil 334

Temir seyfni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.

2021 yil 4 sentyabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 13:00 larda noma'lum shaxs, yashash xonadoniga eshik qulfini buzish yo‘li bilan ochib kirib, xonada bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik temir seyfini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surushtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech