Televizor o‘g‘risi qo‘lga olindi.
2020 yil 7 noyabr' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 11:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan “Akfa” derazalarini ishlab chiqarish sexining dam olish xonasidan narxi 2.700.000 so‘mlik “Samsung” rusumli televizorini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQB tezkor vakili, TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati