17 Iyul 2021 yil 374

"Telegram"dagi firibgarlardan ogoh bo‘ling!

Joriy yil 12 iyul' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi, Farg‘ona davlat universitetining 4-bosqich talabasi, JIB Sirdaryo viloyati Boyovut tuman sudi tomonidan shu yil O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, 3 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan,
01.02.2021 yil kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumani IIB Probasiya guruhi hisobiga olingan, 1999 yilda tug‘ilgan yigit shu yilning aprel' oyida telegramm messendjerida “Agrobank info” bot kanali tashkil etib, ushbu bot kanal orqali 14 iyun' kuni ariza muallifi bilan telegramm messendjeri orqali bog‘lanib, unga go‘yoki “Omadli aksiyasi” doirasida 500.000 so‘m pul yutib olganligi haqida xabar yuborib, aldab pul mablag‘ini fuqaroning bank plastik kartochkasiga o‘tkazib berishini bildirib, plastik kartochkasining maxfiy raqamini yozib yuborishini aytgani, so‘ng plastik kartochkasida bo‘lgan 1.570.000 so‘m pullarini qo‘lga kiritganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech