“Telegram” firibgariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2022 yil 13 aprel kuni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil sentyabr oyida, Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi, 10-sinf o‘quvchisi, uni ishonchiga kirib, “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida “Ishonch kredit” nomli guruh tashkil qilib, ushbu guruhga 100 ta aʼzo qo‘shgan shaxsga maʼlum miqdorda pul mukofoti berilishi haqida reklama joylashtirib, arizachi guruhga 100 ta aʼzo qo‘shganligi uchun uni plastik kartasiga pul tushirib berishini aytib, aldab, “Agrobank” ATB Namangan shahar filiali tomonidan berilgan bank plastik kartasini raqamini olib, ushbu plastik karta balansida bo‘lgan 14.000.750 so‘m pullarini “click evolution” ilovasi orqali onasiga tegishli bank plastik kartasiga o‘tkazib olib, pullarni o‘zining shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 20 aprel kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati