4 Dekabr 2021 yil 380

Telefon va boshqa buyumlar o‘g‘irlandi

2021 yil 28 noyabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, To‘raqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan oshxona ishchisi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 28 noyabr' kuni soat 04:00 larda noma'lum shaxs, o‘zi ishlovchi oshxona kiyinish xonasidan narxi 2.700.000 so‘mlik “Samsung-A51” rusumli va narxi 2.500.000 so‘mlik bo‘lgan “Texno 15” rusumli uyali telefon apparatlari, narxi 370.000 so‘mlik erkaklar kurtkasi, narxi 250.000 so‘mlik sport oyoq kiyimi hamda 200.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

To‘raqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili, TB tergovchisi va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech