Telefon o‘g‘risining shaxsi aniqlandi
2021 yil 26 dekabr' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 21:00 larda, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida ketayotgan vaqtida notanish shaxs, qo‘lida bo‘lgan narxi 700.000 so‘mlik “Redmi-4” rusumli uyali telefon apparatini tortib olib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 dekabr' kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati