19 Fevral 2021 yil 409

Telefon o‘g‘risi qo‘lga olindi.

2021 yil 6 fevral' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni Namangan shahrida joylashgan MChJ binosining eshigi ochiqligidan foydalangan noma'lum shaxs, ichkariga kirib, xonada bo‘lgan narxi 1.400.000 so‘mlik “RedMI-7” rusumli va narxi 1.000.000 so‘mlik “Samsung A10” rusumli telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB HPB inspektorining ma'lumotiga asosan, viloyat IIB PPXvaJTSB safdor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 fevral' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech