Telefon o‘g‘irlagan ayol ushlandi.
Joriy yil 12 may kuni, Norin tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan qiz ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 may kuni soat 14:20 larda noma'lum shaxs, Norin tumani Xaqqulobod ShFY O‘zbekiston MFY hududida joylashgan “Ucell” nomli savdo shahobchasi oldidagi savdo rastasi ustida turgan narxi 800.000 so‘mlik “Redmi-5” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda 1994 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati