Tanishlarining pul va avtomashinalarini o‘zlashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yangiqo‘rg‘on tumani Bunyodkor MFY Iskovot ko‘chasi 18-uyda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil aprel'-may oylarida, Yangiqo‘rg‘on tumani Yangiobod MFY Sohil ko‘chasi 19-uyda yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan J.N uni ishonchiga kirib, 54.000 AQSh dollarini 20 kun muddatda qaytarib berishini aytib aldab, pullarini olib, o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, J.N 2021 yil fevral' mart oylarida yana uch fuqaroning narxi 10.000, 10.500 va 9.500 AQSh dollar bo‘lgan ikkita Jentra va Neksiya-3 rusumli avtomashinalarini sotib olib, pulini berishini aytib aldab, avtomashinani olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 24 mart kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati