Tamaki qog‘oziga o‘ralgan “Gashish”
Shu yil 4 noyabr' kuni Namangan viloyat IIB PPX va JTSB PPXB 3-otryad xodimlari va shahar IIO FMB 2-sonli JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Lola MFY hududidagi “Jahon” bozori oldida shubhali hatti-harakatlar sodir etgan, Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaroni to‘xtatilib, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kurtkasining chap cho‘ntagida sigaret yaltiroq qog‘oziga o‘ralgan, o‘tkir xidli, to‘q jigarrang rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,4 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 12 noyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati