Tamaki qog‘ozi ichidan “Marixuana” topildi
2022 yil 23 fevral kuni To‘raqo‘rg‘on tuman IIB HPMB katta inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan fuqarolarga qarashli To‘raqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan dala hovlisida dam olib o‘tirgan vaqtida, yoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning yonidan sigaretni yaltiroq qog‘oziga o‘ralgan, och-yashil rangli, o‘tkir xidli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 30,41 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 28 fevral kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati