21 Avgust 2025 yil
115
Tamaki mahsuloti qutisiga giyohvandlik moddasini yashirgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 16-iyul kuni Pop tumani “Obod” mahallasida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan B.O “Mustaqillik” mahallasi hududida Spark rusumli avtomashinada o‘tirgan vaqtida yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonidan bo‘lgan “Kent” nomli tamaki mahsuloti qutisi ichida 0,77 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati