22 Aprel 2021 yil
392
Ta'magirlik yo‘li bilan pul ishlamoqchi bo‘lgan shaxs hamkorlikdagi tadbirda ushlandi.
Joriy yil 21 aprel' kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu tumanda yashovchi, fuqaro unga 0,35 gektar yer maydonini kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 3.500.000 so‘m pulni ta'magirlik yo‘li bilan talab qilayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Shu kuni DXX Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi va tuman IIB TEQKB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro 3.500.000 so‘m pullarni arizachidan olgan vaqtida ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 214-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati