Tamaddixonada telefon yo‘qoldi
2021 yil 24 dekabr kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 11:30 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan tamaddixonaga ovqatlanish maqsadida kirib, qo‘lida bo‘lgan narxi 2.000.000 so‘mlik “Samsung A-51” rusumli uyali telefon apparatini stol ustiga qo‘yib qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati