Tamaddixona mijozlarining yonidan “Gashish” topildi
2023-yil 7-avgust kuni Namangan tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida tuman IIB xodimlari tomonidan Namangan tumani No‘g‘ayqo‘rg‘on mahallasi hududida joylashgan “Sarbon” nomli oshxonada Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan 2 nafar fuqarolarning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularning yonidan 1 dona 0.5 litr hajmdagi, pastki qismi kuydirib teshilgan, ichki qismida kuyindi qoldiqlari bo‘lgan, shaffof polietilen idish, 1 dona zajigalka va 1 dona gugurt quti ichida bo‘lgan ovalsimon, to‘q jigarrang, o‘tkir xidli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan. Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,2 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati