Talonchilik yo‘li bilan telefn o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi
2022 yil 7 yanvar kuni, Norin tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan qiz ariza bilan murojaat qilib, shu yil 6 yanvar kuni soat 19:00 larda Norin tumani hududida ketayotgan vaqtida 2 nafar noma'lum shaxslar kelib, uni qo‘lida bo‘lgan “Samsung-A2” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan olib qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
VIIB TQXB katta tezkor vakillari va Norin tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi, 2020 yilda O‘z.R JKning 25,169-modasi 3-qismi bilan sudlangan, 1997 yilda tug‘ilgan va Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Bundan tashqari fuqarolar jinoiy til biriktirib, shu yil 5 yanvar kuni soat 18:30 larda, Norin tumani hududida, Norin tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan qizning ham qo‘lida bo‘lgan “Real mi-S21” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan olib ketganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 7 yanvar kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati