Talonchilik yo‘li bilan o‘g‘irlangan telefon egasiga qaytarildi.
Joriy yil 28 aprel' kuni, Norin tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan qiz ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat soat 14:30 larda, maktabdan yashash xonadoniga qaytayotganida, bir nafar notanish shaxs orqasidan kelib, qo‘lidagi sumkasini ichida bo‘lgan narxi 1.200.000 so‘mlik 1 dona “SAMSUNG-A10S” rusumli uyali telefon apparatini olib, voqea joyidan qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati