14 Aprel 2021 yil 234

Talonchi uzoqqa qocha olmadi.

Joriy yil 12 aprel' kuni soat 10:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumani Davlatobod mahallasi hududida joylashgan “Yashil dehqon bozori”da savdo qilib yurgan ayolning yonidagi bolalar aravachasidan “Samsung-J7” rusumli uyali telefon apparatini va 454.000 so‘m pullarini noma'lum shaxs o‘g‘irlayotgan vaqtida, ayol ko‘rib qolgan va undan telefon apparatini tortib olgan. Biroq o‘g‘ri qochishga urinib, ayolni surib yuborib, hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, 454.000 so‘m pullarini og‘irlab qochayotgan vaqtida hududda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech