21 Dekabr 2020 yil 479

Talonchi qo‘lga olindi.

2020 yil 18 dekabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 16:00 larda, yashash uyining oldida Lasetti rusumli avtomashinasini to‘xtatib, o‘zi yashash xonadoniga kirib ketgan vaqtida, 11-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan qizi “Avtomashinangizga qarang, bir noma'lum shaxs o‘g‘rilik qilyapti”-deb baqirganidan so‘ng, yugurib, avtomashinasini qarash maqsadida chiqqan vaqtida, notanish shaxs qizini surib yuborib, avtomashinasida bo‘lgan “Samsung A3” rusumli telefon apparatini hamda 700.000 so‘m pullarini talonchilik qilib, olib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 18 dekabr' kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech