29 Yanvar 2024 yil 1332

Taʼlim muassasalarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida targ‘ibot uchrashuvlari olib borildi

Namangan viloyati hududida yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, shuningdek, yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishini taʼminlash maqsadida muntazam ravishda profilaktika targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Shu kabi targ‘ibot tadbiri Namangan shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘quvchilarning ota-onlari ishtirokida o‘tkazilib, unda Namangan viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB masʼul xodimlari tomonidan yoshlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar haqida maʼlumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilarini yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylanib qolmasliklarini oldini olish borasida ota-onalar ham masʼul ekanliklari va o‘quvchilarni xavfsizligini taʼminlash maqsadida doimiy ravishda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi alohida taʼkidlandi.

Tadbir so‘nggida, jinoyatlar, jumladan yo‘l-transport hodisalarini salbiy oqibatlari aks etgan videofilm ishtirokchilarga namoyish etildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech