29 Noyabr 2023 yil 4133

Taʼlim muassasalarida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha muhokama yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda

Namangan viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan, Yangiqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan kriminogen vaziyati og‘ir, jinoyat salmog‘i yuqori bo‘lgan Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 2-son kasb hunar va 10-sonli umumtaʼlim maktablariga borilib, maktab o‘qituvchilari va maktab rahbariyati ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida maktab o‘quvchilari va kasb-hunar maktabi o‘quvchilari  tomonidan sodir etilayotgan jinoyat hamda huquqbuzarliklar, bunga sababchi bo‘layotgan omillar hamda ularning oldini olish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



Text to speech