Talabaning telefonini o‘g‘irlagan shaxs xonadoshi bo‘lib chiqdi.
Joriy yil 26 fevral' kuni, Chust tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 26 fevral' kuni soat 15:15 dan soat 15:20 largacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida institut yotoqxonasidagi xonasi ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, narxi 1.200.000 so‘mlik “Redmi note 8” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, shu xonada birga turuvchi kursdoshi, Chust tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati