18 Iyul 2023 yil
431
Talaba firibgarlarga aldandi
2023-yil 3-iyun kuni Pop tumanida yashovchi, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlatdagi tibbiyot institutining 2-bosqich talabasi, 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil fevral oyida Andijon viloyatida yashovchi erkak va ayol uning ishonchiga kirib, o‘qishini Andijon davlat tibbiyot institutiga tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakti asosida ko‘chirib berishni aytib, 1.000 AQSH dollarini olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati