6 May 2025 yil
367
Taqinchoqlar oʻgʻrisi qoʻlga olindi
Joriy yilning 30-aprel kuni Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 16-aprel kuni soat 14:00 dan soat 16:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida, Chortoq tumani, “Namangan” mahallasida yashovchi, 1984-yilda tugʻilgan, fuqaro M.Aning tegishli boʻlgan “A.Navoiy” mahallasida joylashgan hammomning 2-qavatidagi xonasidan sumkasi ichida boʻlgan umumiy narxi 20.000.000 soʻmlik 5 dona zirak va 3 dona tilla uzuklarini oʻgʻirlab ketgan shaxs, Uychi tumani, “Gulbogʻ” mahallasida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan fuqaro I.U ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati