30 May 2025 yil
573
Taqiqlangan ekinlarni parvarishlayotgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi
Joriy yilning 18-may kuni “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Yangiqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Mo‘g‘ol” mahallasida yashovchi, 1974-yilda tuhilgan, fuqaro M.Shning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 12 tup “Kannabis” o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati