23 May 2025 yil
613
Taqiqlangan ekinlarni parvarishlayotgan shaxsning qilmishlari fosh etildi
Joriy yilning 9-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” profilaktik tadbiri davomida, Uychi tumani IIB xodimlari tomonidan, Uychi tumani, “Soku” mahallasida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Sh.N “Keskanyor” mahallasi hududida joylashgan, o‘zi tegishli bo‘lgan issiqxonada 69 tup “Nasha” o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uychi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati