5 May 2025 yil 236

Taqiqlangan ekinlarni yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 23 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Mingbuloq tumani IIB xodimlari tomonidan “Qirqchek” mahallasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan, fuqaro A.B shu yil o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasida 7 tup “Sannabis” giyohvandlik moddasini ekib parvarish qilayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘Zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech