5 Iyun 2025 yil
369
Taqiqlangan ekinlar parvarishlanayotgan dala maydoni aniqlandi
Joriy yilning 19-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Chust tumani IIB xodimlari tomonidan, Chust tumani, “Toymosobod” mahallasida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan, fuqaro E.Sga tegishli mahallasi hududidagi dala maydonida 100 tup “Kannabis” o‘simliklarini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati